O‘zbek Tilida Harakat Va Holat Semantik Maydoniga Oid Fe’l, Ravish Va Sifatlarning Sinsetik Tizimi Va Ularning Elektron Tezaurusda Ifodalanishi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada o‘zbek tilida harakat va holat ifodalovchi fe’l, ravish hamda sifatlarning sinsetik tizimini yaratish masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi ushbu so‘z turkumlari uchun sinset tuzilishini shakllantirishning besh bosqichli metodikasini ishlab chiqish va uni elektron tezaurusda ifodalashdan iborat. Tadqiqotda komponent, distributiv, kvantitativ tahlil metodlari hamda Word2Vec va BERT asosidagi vektorli tasdiqlash usullaridan foydalanilgan. Material sifatida o‘zbek tilining izohli va sinonimlar lug‘ati, milliy korpus materiallaridan tanlangan 34 ta birlik (15 ta fe’l, 9 ta ravish, 10 ta sifat) xizmat qilgan. Natijada, harakat va holat fe’llari uchun sinonimiya, troponimiya va gipero-giponimiya, ravishlar uchun sinonimiya va uyadoshlik, sifatlar uchun esa sinonimiya, antonimiya va gradual munosabatlarni aks ettiruvchi yaxlit sinsetik tizim yaratildi hamda amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi.
Source: QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Author: Muhammadjon Najmiddinov
Institution: Kokand State University
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7204530610
