Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning ta’lim konsepsiyasi ilk bor yaxlit didaktik tizim sifatida, birlamchi o‘quv matnlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotning manbaviy asosini “To‘la asarlar to‘plami”ning 2-jildida “Pedagogik risolalar” umumiy sarlavhasi ostida berilgan matnlar – “Yengil adabiyot”, “Axloqiy hikoyalar” va “Ikkinchi sinf uchun” bo‘limlari tashkil etadi. Tahlil birligi sifatida muallifning o‘zi belgilagan birlik – dars olindi. Tahlil makro-, mezo- va mikrodarajalarda, manbalarning ishonchliligini baholashning uch darajali (A, B, V) shkalasi asosida olib borildi. Tadqiqot natijasida ta’lim maqsadining uch qatlamli ierarxiyasi (diniy burchning sharti – inson bo‘lishning o‘lchovi – ijtimoiy illatlarni bartaraf etish vositasi), “Yengil adabiyot”ning olti tematik blokdan tashkil topgan makrostrukturasi, “bayt – nasriy izoh – hikoya” uch qismli metodik apparati va antonimik juftlik tamoyili aniqlandi hamda Hamza didaktikasining sakkizta tamoyili rekonstruksiya qilindi. Muallif so‘zboshisining didaktik tahlili darslik yaratishda loyihali yondashuv – maqsadli auditoriya, o‘quv yuklamasining dozasi, til saviyasi va bosqichlararo uzviylikning oldindan belgilanganini ko‘rsatdi. Shu asosda darsliklarni faqat “ehtiyoj mahsuli” deb baholashning yetarli emasligi asoslanadi.
Source: QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
Author: Mo‘minaxon Baxtiyorova
Institution: Kokand University
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7204590592
