Oliy ta'limda talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etish
Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Mustaqil ta`lim – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni, o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida auditoriyadan tashqarida bajariladi. Talabalarga mustaqil ish(ta`lim)ni bajarish yuzasidan kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta`lim turlari – rang-barang va turli elektron ko‘rinishlari – fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. Mustaqil ta`lim – o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.
Author: Mamatova, Sayyara
Language: Uzbek
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204604393
