Shaxsiy Identitet Va Uning O'ziga Xos Xususiyatlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada shaxsiy identitet tushunchasining mohiyati, uning ijtimoiy va milliy identitetdan farqli jihatlari hamda badiiy matnda ifodalanish yo'llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxsiy identitetning uzluksizlik, betakrorlik, o'z o'zini anglash va hikoya qilish orqali qurilish kabi asosiy xususiyatlari nazariy manbalar asosida aniqlanadi va ular she'riy matn misolida ko'rsatib beriladi. Shuningdek, o'zbek adabiy tafakkuriga xos "o'zlik" tushunchasi bilan "identitet" atamasining munosabati masalasi ko'rib chiqiladi. Muallif badiiy matnda shaxsiy identitet uch xil yo'l bilan, ya'ni tasdiq, inkor va chegaralash orqali qurilishini asoslaydi.
Author: Qodirov, Abdulazizbek
Language: Uzbek
Subfield: Cultural Studies
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7204622973
