Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Maqolada identitet tushunchasining psixologiya, sotsiologiya, falsafa, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi talqinlari fanlararo nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Psixologiyada identitet o‘zlikning davomiyligi va o‘zini anglash, sotsiologiyada ijtimoiy rol hamda guruh mansubligi, falsafada o‘zlik, boshqalik va narrativ yaxlitlik bilan bog‘liq holda izohlanadi. Madaniyatshunoslikda tarixiy xotira va reprezentatsiya, tilshunoslikda esa nutq, diskurs va kommunikativ pozitsiya identitetni shakllantiruvchi omillar sifatida ko‘riladi. Ushbu yondashuvlarning adabiyotshunoslikdagi imkoniyatlari badiiy qahramon, lirik subyekt, xotira, makon va nutq kategoriyalari bilan bog‘liq holda ochib beriladi. Natijada identitet individual, ijtimoiy, madaniy, lisoniy va estetik qatlamlarni birlashtiruvchi dinamik kategoriya ekani asoslanadi.
Author: Abdulazizbek Qodirov
Institution: Kokand University Andijan branch
Subfield: Cultural Studies
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7204642233
