Work

Raqamli Ta’lim Muhitida Talabalarning Tanqidiy Fikrlash Kompetensiyasini Shakllantirishning Pedagogik Omillari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy fikrlash kompetensiyasini shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli ta’lim resurslarining mazmuniy sifati, muammoli va tadqiqiy topshiriqlar, interfaol muloqot, hamkorlikdagi faoliyat, axborotni tanqidiy baholash, o‘qituvchining fasilitatorlik faoliyati hamda refleksiv baholash mazkur kompetensiyani rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida asoslangan. Shuningdek, talabalarning raqamli axborotni izlash, manbalarning ishonchliligini tekshirish, dalillarni qiyoslash, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, muqobil fikrlarni baholash va asoslangan xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Sun’iy intellekt vositalaridan pedagogik maqsadga muvofiq foydalanish, media va axborot savodxonligini rivojlantirish, psixologik xavfsiz muloqot muhitini yaratish hamda muntazam qayta aloqani tashkil etishning ahamiyati ochib berilgan. Maqolada raqamli ta’limni tashkil etishda texnologik vositalardan foydalanishning o‘zi yetarli emasligi, ularni muammoli, dialogik, tadqiqiy va refleksiv faoliyat bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslangan.
Language: Uzbek
Subfield: Education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7204776110
FWCI: 3.246
Cites: 7
Cited by: 1
Related to: 8