Work

Tijorat Banklarining Uzoq Muddatli Moliyalashtirishga Tayyorligini Baholash Metodikasi

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Maqolada tijorat banklarining uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etishga tayyorligini baholash metodikasi taklif etilgan. Metodika moliyaviy barqarorlik, aktivlar sifati, likvidlik va resurslar tarkibi, bozor tayyorligi hamda moliyaviy xavflarga chidamlilikdan iborat beshta blok va 24 ta ko'rsatkichni birlashtiradi. Chegaraviy normallashtirish, cheklovchi mezonlar va 85,0 foizlik axborot to'liqligi qoidasi qo'llanilgan. Ochiq ma'lumotlarga asoslangan dastlabki indeks to'qqizta bankda sinovdan o'tkazilib, moliyaviy instrumentlarni bankning real tayyorlik darajasiga muvofiq tanlash imkoniyati asoslangan.
Language: Uzbek
Subfield: Finance
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7207638367
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10