Work

Bo'lajak biologiya o'qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligi rivojlanganlik darajalarini kvalimetrik shkala asosida baholash

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligining rivojlanganlikdarajalarini kvalimetrik shkala asosida aniqlashning nazariy va metodik jihatlari yoritilgan. Kasbiy-metodik kompetentlikbiologik bilimlar, metodik loyihalash, amaliy faoliyat, raqamli texnologiyalardan foydalanish, pedagogik muloqot varefleksiv baholashning integrativ birligi sifatida talqin etilgan. Kompetentlik darajasini obyektiv aniqlash uchun mezonlar,indikatorlar, daraja deskriptorlari hamda baholash oralig‘ini o‘z ichiga olgan kvalimetrik shkala taklif etilgan. Baholashjarayonida motivatsion-aksiologik, kognitiv-metodik, amaliy-faoliyatli, raqamli-texnologik va refleksiv-baholash komponentlariningnamoyon bo‘lish xususiyatlari hisobga olingan. Kasbiy-metodik kompetentlikning reproduktiv, produktiv vakreativ darajalari mazmunan tavsiflanib, har bir darajaga xos kuzatiladigan faoliyat belgilari aniqlashtirilgan. Test, pedagogikkeys, mikrodars, laboratoriya topshirig‘i, metodik loyiha, raqamli portfolio, ekspert bahosi va o‘z-o‘zini baholash natijalarinikvalimetrik shkala asosida umumlashtirish imkoniyatlari asoslangan. Taklif etilgan yondashuv bo‘lajak biologiyao‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini diagnostika qilish, rivojlanish dinamikasini monitoring qilish va individual metodikrivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.
Language: Uzbek
Subfield: Education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7208832778
FWCI:
Cites: 2
Cited by:
Related to: 10