Qoraqalpog'iston Respublikasi Shimoliy Tumanlari Sharoitida Kartoshka Navlarini Ekish Sxemasi
Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi shimoliy tumanlarining agroiqlim va tuproq sharoitlarida erta va o'rtapishar kartoshka navlarini ekish sxemasi hamda chuqurligining o'simlikning o'sish-rivojlanishi va hosildorlik ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganildi. Tadqiqotlar davomida mahalliy va xorijiy kartoshka navlari 70×30 sm hamda 90×20 sm sxemada, 5–6 va 9–10 sm chuqurliklarda ekilib, unib chiqish muddati, poya va barglarning shakllanishi, barg sathi, poya vazni hamda yakuniy hosildorlik ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, 90×20 sm sxemada 5–6 sm va 9–10 sm chuqurlikdagi ekish variantlari navlarning optimal o'sishi va yuqori hosildorlikni ta'minladi. Ayniqsa Sante, Arnova va Romano navlarida standartga nisbatan hosildorlikning sezilarli oshishi qayd etildi. Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, Qoraqalpog'iston sharoitida mart oyining uchinchi va aprel oyining birinchi o'n kunligida kartoshkani 70×30 va 90×20 sm sxemalarda ekish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Language: Uzbek
Subfield: Soil Science
Domain: Life Sciences
SDG: Zero hunger
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7212366353
