Kosmetik Mahsulotlarda Co (ii) Ionlarini Aniqlash Va Sifatini Baholashda Modifikatsiyalangan Sensorlardan Foydalanish
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Kosmetik mahsulotlar tarkibining xavfsizligi va sifati inson salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ularning tarkibida og‘ir metall ionlari, jumladan kobalt (Co(II)) ionlarining mavjudligi teri allergiyalari, toksik ta’sirlar va boshqa nojo‘ya holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli kosmetik vositalarda Co(II) ionlarini aniqlash va nazorat qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy analitik usullar yuqori aniqlikka ega bo‘lsa-da, ularning qimmatligi va murakkabligi tezkor tahlil o‘tkazishda cheklovlar yaratadi. Modifikatsiyalangan elektrokimyoviy sensorlar esa oddiyligi, yuqori sezgirligi va selektivligi bilan ajralib turib, kosmetik mahsulotlar tarkibida og‘ir metall ionlarini tez va ishonchli aniqlash imkonini beradi. Shu jihatdan, Co(II) ionlarini modifikatsiyalangan sensorlar yordamida aniqlash zamonaviyanalitik kimyoning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Institutions: Tashkent Medical Academy, National University of Uzbekistan
Language: Uzbek
Subfield: Analytical Chemistry
Field: Chemistry
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7213583305
