Work

Axborot-kutubxona Muassasalarida Metodik Faoliyatning Ahamiyati Va Natijalari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada axborot-kutubxona muassasalarida metodik faoliyatning mazmuni, boshqaruvdagi o‘rni va kasbiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2026-yil davomida amalga oshirilgan metodik to‘garak, Respublika metodik kengashi, rahbarlar uchun o‘quv kurslari, seminar-treninglar va tajriba almashish ishlari misolida zamonaviy metodik xizmatning amaliy yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi. Xususan, 2026-yil 18-fevraldagi “Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini boshqarish uchun zarur hujjatlar targ‘iboti” metodik to‘garagi, 25-fevraldagi Respublika metodik kengashi yig‘ilishi, 22–26-iyundagi rahbarlar uchun o‘quv kursi hamda iyul oyida o‘tkazilgan malaka oshirish va seminar-treninglar metodik faoliyatning mazmunini yangilayotgan amaliy misollar sifatida tahlil qilinadi. Maqolada metodik ishlarni raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, mediasavodxonlik, KPI asosida baholash va foydalanuvchi ehtiyojlarini o‘rganish masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Xalqaro tajriba bilan qiyoslash asosida metodik faoliyat natijadorligini o‘lchash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Language: Uzbek
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7214294142
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10