Sogʻliqni Saqlash Byudjet Dasturlari Samaradorligini Integral Baholash: Dbsi Indeksi Va Amaliy Aprobatsiya
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada sog'liqni saqlash byudjet dasturlarining samaradorligini faqat mablag' o'zlashtirish darajasi orqali baholashning cheklovlari tahlil qilinib, moliyaviy ijro, xizmat hajmi, sifat va natijadorlikni yagona integral ko'rsatkichga birlashtiruvchi Dastur byudjeti samaradorligi indeksi (DBSI) taklif etiladi. Indeksning boshlang'ich variantida to'rtta komponentga teng 0,25 vazn beriladi. Metodika bolalarni vaksina qilish va nefrologiya-gemodializ yo'nalishlari misolida 2025-yil moliyaviy ijrosi hamda shartli xizmat, sifat va natijadorlik ballari asosida aprobatsiya qilingan. Hisob-kitoblarda vaksinatsiya dasturi uchun DBSI 95,6, gemodializ yo'nalishi uchun 94,1 ballni tashkil etib, ikkala dastur ham yuqori samaradorlik toifasiga kiritilgan. Shu bilan birga, metodika natija ma'lumotlari cheklangan sharoitda ehtiyotkorlik bilan qo'llanishi, ballar ishonchli elektron va klinik ma'lumotlar bilan to'ldirilishi lozim. Taklif etilgan yondashuv baholash natijasini keyingi yil byudjet qaroriga ulash orqali dasturiy byudjetlashtirishning yopiq boshqaruv siklini shakllantirishga xizmat qiladi.
Institution: Tashkent International University
Language: Uzbek
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7214452012
