Sirdaryo Viloyati Iqlim Sharoiti Va Uning Hududiy Tafovutlari Tahlili
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada Sirdaryo viloyatining hozigi iqlim sharoiti statistik,kartografik, GAT va interpolyatsiya metodlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqot Sirdaryo,Guliston va Yangiyer meteorologiya stansiyalarining 1938–2025-yillardagi koʻp yillikma'lumotlariga, shuningdek pogodaiklimat.ru va globalwindatlas.info bazalari ma'lumotlarigatayanadi. Havo harorati, atmosfera yogʻinlari, nisbiy namlik, bugʻlanish, shamol rejimi vaquyosh radiatsiyasi koʻrsatkichlari hududiy kesimda oʻrganilgan hamda Kuppen–Geiger tasnifiasosida viloyat hududida shakllangan ikki iqlim turi (Csa va BSk) aniqlangan. Natijalar shunikoʻrsatadiki, soʻnggi oʻn yilliklarda oʻrtacha yillik harorat 1,2–1,4 °C ga koʻtarilgan,qurgʻoqchil davr uzayib, namlanish koeffitsiyenti pasaygan. Olingan xulosalar hududdaagrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish hamdaqayta tiklanuvchi energiya (shamol energetikasi) salohiyatini baholash uchun amaliyahamiyatga ega.
Author: Umirzakov, Oybek
Institution: Gulistan State University
Language: Uzbek
Subfield: Water Science and Technology
Field: Environmental Science
Domain: Physical Sciences
SDG: Climate action
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7214749491
