Turkiston jadidlarining davlat boshqaruv g'oyalari va dastlabki siyosiy partiyalar faoliyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada Turkistonda jadidlarning davlat boshqaruvi haqidagi ilg'or g'oyalar i hamda XX asr boshlarida shakllangan dastlabki siyosiy partiyalar faoliyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati Turkiston o'lkasida milliy uyg'onish, ijtimoiy -siyosiy islohotlar va zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirishga qaratilgan mu him tarixiy jarayon sifatida namoyon bo'lgan. Shuningdek, maqolada Turkistonda siyosiy ongning shakllanishi jarayonida vujudga kelgan dastlabki siyosiy tashkilotlar va partiyalarning faoliyati, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni hamda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashdagi roli keng tahlil qilinadi. Jadidlarning siyosiy faoliyati nafaqat ma'rifiy harakat doirasida, balki davlat boshqaruvi tizimini zamonaviylashtirishga qaratilgan dastlabki siyosiy tajribalar sifatida ham baholanadi. Mavzuni yorit ishda ushbu sohaga oid tegishli me'yoriy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, adabiyot va davriy matbuot materiallaridan foydalanilgan.
Language: Uzbek
Topic: Soviet and Russian History
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7214893263
