Work

Bo'lajak O'qituvchilarning Kasbiy Rivojlanishini "talaba Orbitasi" Modeli Asosida Individuallashtirishning Pedagogik Mexanizmlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini individuallashtirish muammosi zamonaviy pedagogik ta’lim talablari nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, uni tizimli tashkil etishga xizmat qiluvchi “Talaba orbitasi” modeli taklif etiladi. Tadqiqotda bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy rivojlanishi tayyor bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayoni sifatida emas, balki individual ehtiyoj, kasbiy motivatsiya, mavjud kompetensiyalar, amaliy tajriba, refleksiya va kasbiy maqsadlar asosida muntazam takomillashib boradigan dinamik jarayon sifatida talqin etiladi. “Talaba orbitasi” modeli diagnostik-prognostik, maqsadli-loyihaviy, kognitiv-kompetensiyaviy, amaliy-faoliyatli, innovatsion-raqamli, mentorlik-hamkorlik, refleksiv-monitoring va korreksion-rivojlantiruvchi komponentlarning uzviy birligiga asoslanadi. Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, “Talaba orbitasi”, kasbiy rivojlanish, individual ta’lim trayektoriyasi, kasbiy mobillik, kompetensiya, individuallashtirish, pedagogik diagnostika, mentorlik, refleksiv monitoring, raqamli kompetensiya.
Language: Uzbek
Subfield: Education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7215705174
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10