Year: 2024
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada hududlarning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini baholashning ahamiyati va zaruriyati asoslangan. Ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy holat, ijtimoiy tabaqalashuv tushunchalariga ilmiy sharh berilgan. Jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuvning turlari, shakllari aniqlangan va uni baholash boʻyicha shakllangan nazariy modellar aniqlangan. Ijtimoiy tabaqalashuvning nazariy yondashuvlar boʻyicha “Scopus” xalqaro jurnallarida nashr etilgan ilmiy maqolalar tahlil qilingan va natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy holat modelidan foydalanish afzal deb topilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy holat indeksini baholash uchun asosiy omillar va ularning tasniflangan. Nazariy tadqiqotlar asosida hududlarning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini baholashning metodologik yondashuvi ishlab chiqilgan.
Author: Xakimov Ziyodulla Axmadovich
Institution: Alfraganus University
Language: English
Subfield: Sociology and Political Science
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7216005702
