Yadro Uloqtiruvchilarda Kuch Va Koordinatsiya Sifatlarini Rivojlantirishning Zamonaviy Metodlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada yadro uloqtiruvchilarda kuch va koordinatsiya sifatlarini rivojlantirishning zamonaviy metodlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini oshirishda maksimal kuch, portlovchi kuch hamda harakatlar koordinatsiyasini uyg‘un rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy trening texnologiyalari, jumladan, funksional mashqlar, plyometrik usullar va biomekanik tahlil vositalarining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari yadro uloqtiruvchilarning sport natijalarini oshirishda kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Author: Sultonov Elbek Ulash o'g'li
Institution: Uzbek State University of Physical Culture and Sport
Language: English
Field: Health Professions
Domain: Health Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7219976691
