Work

Zamonaviy Ingliz Tili Lug‘at Boyligini Boyitishda O‘zlashma So‘zlarning Roli

Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tili lug‘at boyligini boyitishda o‘zlashma so‘zlarning tutgan o‘rni va ularning til taraqqiyotiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Ingliz tili tarix davomida boshqa tillar bilan faol aloqada bo‘lganligi sababli, u juda ko‘p so‘zlarni lotin, fransuz, yunon, arab, nemis va hatto sharq tillaridan o‘zlashtirgan. Ayniqsa, ilm-fan, texnologiya, madaniyat, tibbiyot, siyosat va iqtisodiyot sohalarida o‘zlashma so‘zlar asosiy terminologiyaning muhim qismini tashkil etadi. Bunday so‘zlar ingliz tilining boyligini oshiradi, ma’no nozikliklarini ifodalashga imkon yaratadi va tilni xalqaro muloqot vositasi sifatida yanada samaraliroq qiladi. Maqolada o‘zlashma so‘zlarning fonetik moslashuvi, morfologik tuzilishi, semantik o‘zgarishlari hamda ularning ingliz tilining global miqyosda keng tarqalishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tili zamonaviy dunyoda boshqa tillarga ham yangi so‘zlarni beruvchi asosiy manbaga aylangani ta’kidlanadi. Shu tarzda, o‘zlashma so‘zlar tilning uzluksiz rivojlanishida, madaniyatlararo almashinuvda va kommunikativ jarayonlarni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220171017
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10