Work

Paxtachilikda Zamonaviy Agrotehnologiyalarni Joriy Etish Xarajatlarini Va Ularni Optimallashtirish Yo'llari

Year: 2026
Type: dataset
Abstract: Maqolada paxtachilikda zamonaviy agrotehnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq ishlab chiqarish va investitsiya xarajatlarining shakllanishi, ularning tarkibiy o'zgarishi hamda optimallashtirish yo'nalishlari tadqiq etilgan. Intensiv ekish sxemalari, zamonaviy mahalliy va xorijiy g'o'za navlari, tomchilatib sug'orish, fertigatsiya, plyonka ostida yetishtirish, mehanizatsiya va tehnika servislaridan foydalanishning xarajatlarga ta'siri ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari zamonaviy agrotehnologiyalarni joriy etishda ayrim kapital va material xarajatlari ortishi mumkinligini, biroq suv, mineral o'g'it, urug'lik, mehnat va operatsiya xarajatlaridan samarali foydalanish hisobiga mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlarni pasaytirish imkoniyati mavjudligini ko'rsatadi. Xarajatlarni maksimal qisqartirish emas, balki resurslarning chegaraviy iqtisodiy qaytimini hisobga olgan holda optimal xarajat strukturasini shakllantirish zarurligi asoslangan. Paxtachilikda zamonaviy agrotehnologiyalarni baholash uchun joriy xarajatlar, kapital xarajatlar, mahsulot tannarxi, qo'shimcha sof foyda, suvning iqtisodiy unumdorligi, marjinal qaytim va investitsiyalarning qoplanishini qamrab oluvchi kompleks iqtisodiy yondashuv taklif etilgan.
Language: Uzbek
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7220428458
Cites:
Cited by:
Related to: 10