Work

Energiya Tejamkor Ishlab Chiqarish Jarayonlarini Avtomatlashtirishda Intellektual Boshqaruv Algoritmlarini Qo'llash

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Tezisda ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun texnologik parametr, energiya sarfi, tashqi muhit va uskuna holatini birgalikda hisobga oluvchi intellektual boshqaruv yondashuvi ko'rib chiqilgan. Sensorlar, IoT/edge qurilma, ma'lumotlarni qayta ishlash va ijro mexanizmlaridan iborat funksional tuzilma hamda vazn koeffitsiyenti noaniq mantiq yordamida moslashtiriladigan modelli prognozli boshqaruv (Fuzzy-MPC) algoritmi taklif etilgan. Boshqaruv modeli ishlash ma'lumotlari asosida chiziqli regressiya usulida identifikatsiya qilingan. Issiqlik nasosi bilan isitiladigan texnologik issiq suv rezervuari misolida 72 soatlik hisoblash eksperimenti besh xil tasodifiy ssenariyda o'tkazildi. Modellashtirish natijalariga ko'ra, Fuzzy-MPC an'anaviy PI-rostlagichga nisbatan elektr energiya sarfini o'rtacha 0,9 ± 0,6 % ga kamaytirdi va haroratni ruxsat etilgan zonada saqladi, o'zgarmas vaznli MPC esa og'ishni uch baravar kamaytirgan holda energiya tejamadi. Sezgirlik tahlili tejamkorlik salohiyati ruxsat etilgan diapazondan foydalanish darajasiga va prognoz aniqligiga bog'liqligini ko'rsatdi.
Language: Uzbek
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7220970852
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10