Psixodiagnostika jarayonini raqamlashtirish: kompyuter texnologiyalarining psixometrik samaradorlikka ta'siri
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada psixodiagnostika jarayonini raqamlashtirishning nazariy-metodologik asoslari hamda zamonaviy kompyuter texnologiyalarining psixometrik samaradorlikka ta'siri atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot psixodiagnostik metodikalarda avtomatlashtirilgan dasturiy vositalardan foydalanish imkoniyatlari, ularning test natijalarining ishonchliligi, validligi, diskriminatsiya indeksi va murakkablik koeffitsientlarini aniqlashdagi afzalliklarini ilmiy asoslashga qaratilgan. Empirik tadqiqot natijalari kompyuterlashtirilgan psixodiagnostika testlarni o'tkazish va natijalarni qayta ishlash jarayonini optimallashtirishi, inson omiliga bog'liq xatoliklarni kamaytirishi hamda xulosalarning obyektivligini oshirishini ko'rsatdi. Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the theoretical and methodological foundations of digitizing the psychodiagnostic process, as well as the impact of modern computer technologies on psychometric efficiency. The study substantiates the use of automated software tools in psychodiagnostic methods and their advantages in determining reliability, validity, discrimination index and difficulty coefficients of test results.
Author: Mamajonova, Shaxzoda
Institution: Tashkent International University of Education
Language: Uzbek
Field: Decision Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7221583947
