Kengaytirilgan Va Virtual Reallik Muhitida Ta’lim Oluvchilarning Mantiqiy Tafakkurini Rivojlantirishning Metodik Mexanizmlari
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur tezisda kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) muhitida ta’lim oluvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning metodik mexanizmlari tahlil qilinadi. Immersiv ta’lim muhitining vizual-fazoviy modellashtirish, obyektlarni interaktiv boshqarish, muammoli vaziyatlarni simulyatsiya qilish, gipotezalarni tekshirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash va refleksiv tahlilni tashkil etish imkoniyatlari yoritiladi. AR/VR texnologiyalaridan foydalanishda texnologik effekt emas, balki pedagogik vazifaga yo‘naltirilgan faoliyat, kognitiv yuklamani boshqarish va o‘quvchini dalillangan xulosa chiqarishga olib boruvchi topshiriqlar tizimi ustuvor bo‘lishi lozimligi asoslanadi. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun muammoli-vaziyatli, vizual-modellashtiruvchi, eksperimental-verifikatsion, algoritmik va refleksiv mexanizmlar taklif etiladi.
Authors: Sarvinoz Salimova, Sharofat Shamsiyeva
Institution: Bukhara State University
Subfield: Computer Vision and Pattern Recognition
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7222841237
