Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada lirik asarlarda milliy ruh tarannumi masalasi Usmon Azim she’riyati misolida tahlil etiladi. Shoir lirikasida milliy o‘zlik, xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularining badiiy ifodalanish xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, ijodkorning milliy ruhni namoyon etishda qo‘llagan poetik obrazlari, ramziy-majoziy ifoda vositalari va o‘ziga xos uslubiy izlanishlariga e’tibor qaratiladi. Usmon Azim she’rlaridagi milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi, lirik qahramon ruhiyati orqali xalqona tafakkur va milliy qadriyatlarning aks etishi ilmiy-nazariy jihatdan ochib beriladi. Tahlil jarayonida shoir lirikasining milliy ruhni ifodalashdagi badiiy-estetik imkoniyatlarini aniqlashga alohida ahamiyat beriladi.
Source: Young Scientists
Author: Mahliyo Nuriddin qizi Turg‘unova
Language: Uzbek
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7224671391
