Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Mazkur maqolada o‘zbek she’riyatining taniqli vakili Usmon Azim poetik asarlarini turkumlash masalasi adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Shoir she’riyatining mavzu ko‘lami, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi hamda poetik tafakkurining o‘ziga xos jihatlari asosida asarlarni muayyan guruhlarga ajratish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, ijodkor lirikasida inson va tabiat munosabatlari, ruhiy kechinmalar, falsafiy mushohadalar, ijtimoiy hayot tasviri hamda ramziy-majoziy ifoda vositalarining o‘rni tahlil qilinadi. Usmon Azim poetik asarlarini turkumlash orqali shoir ijodining mazmuniy va badiiy yaxlitligini ochib berish, uning individual poetik uslubini belgilovchi xususiyatlarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi.
Author: Mahliyo Nuriddin qizi Turg‘unova
Language: Uzbek
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225193262
