Tasavvurning Qatl Etilishi: Charlz Dikensning «og'ir Zamonlar» Romanida Mexanizatsiyalashgan Ta'lim Va Sinfiy Ziddiyatlar
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu maqola XIX asr sanoat inqilobi va utilitarizm falsafasining insoniyat ma’naviyatiga ta’sirini Charlz Dikensning «Og‘ir zamonlar» (Mill, John Stuart. "Utilitarianism", 1861) romani misolida tahlil qiladi. Tadqiqotda fabrika va maktabning inson ruhi, tasavvuri va erkin tafakkurini so‘ndiruvchi parallel mexanizmlar sifatida gavdalanishi marksistik adabiy tanqid va madaniy materializm tamoyillari asosida yoritilgan. Shuningdek, ishchilarning «Qo‘llar» (Hands) deb nomlanishi orqali ularning tovarlashuvi, begonalashuvi hamda utilitar ta’lim tizimining «istisno pedagogikasi» sifatida yoshlar tafakkurini qoliplashi ochib berilgan. Jorj Oruellning Dikens haqidagi qarashlariga tayanib, muallif asarning bugungi raqamli va texnokratik davr uchun ham naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatib beradi va adabiyot insoniylikni saqlab qoluvchi ma’naviy qalqon ekanligini xulosa qiladi.( George Orwell "Charles Dickens", Inside the Whale and Other Essays, 1940)
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225399781
