Work

PAST INTENSIVLI DDoS HUJUMLARINI ANIQLASHDA HISOBLASH YUKLAMASINI KAMAYTIRUVCHI IKKI BOSQICHLI MODEL

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada axborot-telekommunikatsiya tizimlarida past intensivli taqsimlangan xizmatdan voz kechish (LDDoS) hujumlarini aniqlash uchun gibrid model va uni simulyatsiyada baholash metodikasi taklif etiladi. Tadqiqotning maqsadi transport qatlamidagi davriy impulsli va amaliy qatlamdagi sekin ulanishli hujumlarni yagona tizimda aniqlashdan iborat. Hujumning ikkala turi uchun matematik modellar keltirilgan. Aniqlash modeli ikki bosqichli: birinchi bosqichda oqim belgilari entropiyasi, trafikning davriylik koeffitsienti va sekin ulanishlar ulushini birlashtiruvchi anomaliya bahosi asosida shubhali vaqt oynalari ajratiladi; ikkinchi bosqichda faqat shu oynalardagi oqimlar Random Forest va ko'p qatlamli perseptron yordamida tasniflanadi. Analitik hisob-kitoblar sekin ulanishli hujumlarning o'rtacha tezligi kanal o'tkazuvchanligining 0,2 % idan kam, davriy impulsli hujumlarniki esa 6,7–30 % ni tashkil etishini ko'rsatdi. Sintetik trafikdagi simulyatsion tajribada gibrid model yolg'on musbat natijalar ulushini 0,20 % dan 0,06 % gacha kamaytirdi va klassifikator chaqiruvlarini qonuniy trafikda 1,7 % gacha qisqartirdi (filtrning o'z xarajatlari o'lchanmagan); to'liqlik 98,9 % ni, aniqlash kechikishi esa 13 s ni tashkil etdi. Natijalar real trafikda tasdiqlashni talab qiladi. Simulyator ochiq manbali vositalarda yozilgan va tajribani takrorlash imkonini beradi.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225747643
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: