Surunkali Gepatit Kechishini Baholashda Kompleks Ultratovush Tekshiruvining Ahamiyati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada surunkali gepatit kechishini baholashda kulrang shkaladagi ultratovush tekshiruvi, dopplerografiya va jigar elastografiyasini yagona tekshiruv doirasida qo'llashning diagnostik ahamiyati tahlil qilingan. Tahlil uchun 2014 yildan 2025 yilgacha O'zbekiston va chet el mualliflari tomonidan chop etilgan klinik tadqiqotlar hamda portal gipertenziya va noinvaziv testlar bo'yicha xalqaro konsensus hujjatlari tanlab olindi. Kulrang shkalada aniqlanadigan belgilar kasallikning asosan kechki bosqichlarida yaqqol ko'rinishi, dopplerografiya esa darvoza venasi tizimidagi gemodinamik siljishlarni morfologik qayta qurilishdan oldinroq qayd etishi ko'rsatib berildi. Elastografiya fibroz bosqichini kilopaskallarda miqdoriy ifodalab, dinamik kuzatuvni o'lchanadigan ko'rsatkichga aylantiradi. Uch usul ma'lumotlari bitta xulosada umumlashtirilganda F3 va F4 bosqichlarni ajratish, portal gipertenziyaning dastlabki belgilarini topish va antivirus davosi samarasini kuzatish aniqroq bo'ladi. Maqola so'ngida kompleks UTT bayonnomasining amaliyotga qo`llanilishi taklif etilgan.
Institution: Tashkent State Medical University
Language: English
Subfield: Hepatology
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7225828467
