Matnazar Abdulhakimning Mustaqillik Yillarida Yozilgan G‘azallarida Folklor Unsurlari Va Detallari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada Matnazar Abdulhakimning mustaqillik yillarida (2003– 2008) yaratilgan g‘azallarida qo‘llangan folklor unsurlari va detallari “Ko‘prik” (2009) kitobi asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda g‘azallardagi qo‘shiqsimon ohang va dialogik formulalar, xalq e’tiqodi va urf-odatlariga oid detallar (tumor, yomon ko‘z, nor bog‘lash, ro‘mol), ertak va afsona motivlari (uchar gilam, taxti Sulaymon, anqo), ov va qushchilik, dehqonchilik bilan bog‘liq maishiy realiyalar hamda xalq maqolsimon ibora va nutq shakllari ajratib ko‘rsatilgan. Radif va qofiyaning folklor ohangini yuzaga keltirishdagi vazifasi aniqlangan. Natijalar folklor unsurlari shoir g‘azallarida bezak emas, balki tasvir va kompozitsiyani belgilovchi omil ekanini ko‘rsatadi.
Institution: Ferghana State University
Language: Uzbek
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225910237
