Iqlim O'zgarishining Qishloq Xo'jaligi Hosildorligiga Ta'siri Va Prognozi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tadqiqot O'zbekistonning Toshkent, Buxoro va Farg'ona viloyatlarida qishloq xo'jaligi hosildorligiga iqlim o'zgarishining ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda 2005–2024 yillar davomida bug'doy, paxta va sabzavot ekinlari hosildorligi dinamikasi hamda iqlim ko'rsatkichlari (harorat, yog'ingarchilik va qurg'oqchilik indeksi) o'rganildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil va ko'p o'zgaruvchili regressiya modeli qo'llanildi. Tahlil natijalari harorat oshishi hosildorlikka salbiy ta'sir ko'rsatishini, yog'ingarchilik va sug'orish resurslari esa hosildorlik barqarorligini ta'minlashda muhim omil ekanligini ko'rsatdi. Model natijalariga ko'ra, haroratning 1°C ga oshishi hosildorlikni o'rtacha 2–3 ts/ha ga kamaytirishi mumkin. Tadqiqot natijalari asosida 2026, 2030 va 2050 yillar uchun hosildorlik prognozlari ishlab chiqildi. Prognoz natijalari iqlim o'zgarishining uzoq muddatli istiqbolda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga salbiy ta'siri kuchayishi mumkinligini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari qishloq xo'jaligida suv resurslarini samarali boshqarish, qurg'oqchilikka chidamli ekin navlarini joriy etish va agrotexnologiyalarni takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi.
Language: English
Subfield: Agronomy and Crop Science
Domain: Life Sciences
Keywords: climate change impacts on agriculture, crop yield, wheat, cotton, vegetable crops, temperature effects on yield, precipitation, evapotranspiration, drought indices, yield prediction, climate change adaptation, water resources management, climate-resilient crops, Tashkent region, Bukhara region, Farg'ona region
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7236604366
