Work

Bo'lajak Boshlang'ich Sinf O'qituvchilarining Ona Tili Ta'limini Loyihalash Kompetensiyasini Metakognitiv Yondashuv Asosida Rivojlantirish Metodikasi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ona tili ta'limini loyihalash kompetensiyasini metakognitiv yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy-metodik jihatlari yoritiladi. Ta'limni loyihalash kompetensiyasi maqsad va kutilayotgan natijalarni belgilash, o'quv mazmuni hamda topshiriqlarni tanlash, metod va vositalarni asoslash, baholash mezonlarini ishlab chiqish va natijalarni refleksiv tahlil qilish bilan bog'liq yaxlit kasbiy sifat sifatida talqin etiladi. Metakognitiv yondashuvning rejalashtirish, faoliyatni kuzatish, o'zini nazorat qilish va baholash bosqichlari ona tili darsini loyihalash jarayoniga tatbiq etiladi. Maqolada metodik model, uni amalga oshirish bosqichlari, amaliy topshiriqlar hamda kompetensiyani baholash mezonlari taklif qilinadi. Ish nazariy-metodik xarakterga ega bo'lib, modelning samaradorligini empirik tajriba-sinov orqali o'rganish va baholash istiqbollari belgilab beriladi.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224518752
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10