Work

Amaliy Tilshunoslikning Ta'lim Jarayonidagi O'rni Va Ahamiyati

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolaning maqsadi amaliy tilshunoslikning ta'lim jarayonidagi oʻrnini aniqlash va uning samarali oʻqitish, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish hamda oʻquv dasturini ilmiy asoslashdagi ahamiyatini koʻrsatishdan iborat. Tadqiqotda muammo-analitik yondashuv qoʻllanib, nazariy manbalar qiyosiy, tavsifiy va tizimli tahlil qilindi. Adabiyotlar tahlili kommunikativ kompetensiya til oʻqitishning markaziy maqsadi ekanini, tushunarli kirish materiali, bosqichma-bosqich mashqlar va faol qoʻllash til oʻzlashtirishni samarali qilishini koʻrsatdi. Natijalar shuni anglatdiki, amaliy tilshunoslik dars mazmunini real nutqiy vaziyat, maqsadli vazifa va oʻquvchi ehtiyojiga mos qurishga yordam beradi, shuningdek, metod tanlash, topshiriqlarni ketma-ket joylashtirish va baholash mezonlarini belgilashda nazariy asos vazifasini bajaradi. Xulosa sifatida, amaliy tilshunoslik oʻquvchini passiv qabul qiluvchidan faol nutq ishtirokchisiga aylantiradi va til oʻqitish samaradorligini oshiradi.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7224639956
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10