O'zbek Tili — Raqamli Dunyoda Ilm Va Texnologiya Tili: Sun'iy Intellekt Davrida Tarjimonlik Kasbining Dolzarbligi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada sun'iy intellekt (SI) asosidagi mashina tarjimasi tizimlarining jadal rivojlanishi sharoitida o'zbek tilining raqamli muhitdagi o'rni va tarjimonlik kasbining dolzarbligi tahlil qilinadi. Jamiyatda keng tarqalgan "sun'iy intellekt tarjimonni to'liq almashtiradi" degan qarash ilmiy asosda tanqidiy ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda yirik tillar (ingliz, rus) va kam resursli tillar, xususan, o'zbek tili uchun mashina tarjimasi sifatidagi farqning sabablari — raqamli matn korpuslari hajmi, parallel matnlar yetishmasligi, agglyutinativ morfologiya va ikki yozuvlilik omillari asoslab beriladi. Mashina tarjimasidagi tipik xatolar turkumlanib, ularning ixtisoslashgan sohalarda, xususan, fuqaro aviatsiyasida yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan xavflari ko'rsatiladi. O'zbekistonning til siyosatiga oid me'yoriy hujjatlar va xalqaro tajriba asosida tarjimonning raqamli davrdagi yangi vazifalari (post-tahrir, korpus yaratish, terminologik ish, lokalizatsiya) belgilanadi hamda o'zbek tilini ilm-fan va texnologiya tili sifatida rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari suriladi.
Author: Bekpulatova, Sevinch
Language: English
Subfield: Artificial Intelligence
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7228098774
